"Barselona" Yovich uchun kurashdan vaqtincha chiqishga qaror qildi
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayntraxt" forvardi Luka Yovich uchun kurashdan vaqtincha chiqdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati “Real” va “Bavariya” klublari ishtirok etayotgan kim oshdi savdosida qatnashishmoqchi emas. Biroq, ular 21 yoshli serbiyalik futbolchining transferi masalasiga keyinchalik qaytishlari ham mumkin. Lekin ungacha boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum Bundesligada 26ta o‘yinda maydonga tushdi va 17ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar