"Barselona" yozda 2 ta markaziy himoyachi sotib oladi

  • 30 may, 2021, 15:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marca nashrining xabar berishicha, "Barselona" mavsumlar oralig‘ida himoya markazini kuchaytirmoqchi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Kataloniya klubining maqsadi himoya markazida o‘ynaydigan ikkita futbolchini sotib olishdir. Ulardan biri "Barselona"ga "Manchester Siti"dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadigan Erik Garsiya bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, "Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt "Barcelona"ning markaziy himoyachi pozitsiyasidagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Ammo, Italiya klubi u uchun katta miqdordagi mablag‘ni so‘rashini inobatga olgan holda, u bilan kelishuv deyarli imkonsiz bo‘lishi mumkin.

"Barselona" de Ligtdan tashqari "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresga ham qiziqmoqda. Kataloniya klubi futbolchini anchadan buyon kuzatib kelmoqda. Bunday vaziyatda pul ham muammoga aylanishi mumkin. Torres mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazdi va uning bozor narxi sezilarli darajada oshdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!