
"Barselona" yozda futbolchilar sotuvidan qancha pul ishlab olmoqchi?
Kataloniyaning "Barselona" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida futbolchilar sotuvidan yaxshigina mablag‘ ishlab olishni ko‘zlamoqda.
“Ko‘k-anor ranglilar” futbolchilar sotuvida naqd 130 million evro ishlab olishni rejalashtirishgan. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
"Barsa" sotishi kutilayotgan futbolchilar orasida Samyuel Umtiti ham bor. Unga "Manchester Yunayted"dan qiziqishlar bo‘lmoqda.
Klub rahbariyati ushbu mablag‘larni darvozabon Mark-Andre ter Shtegen hamda hujumchi Lionel Messi bilan shartnomalarni uzaytirishga sarflamoqchi.
Fikrlar