“Barselona”da o‘ynamayman!

  • 6 iyul, 2024, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” skautlari jamoani kuchaytiradigan futbolchi sifatida “Xall Siti” vakili Jeyden Filojin-Baydeysni transfer qilishga urinib ko‘rdi.

Kataloniyaliklar “yo‘lbarslar”ga 22 yoshli hujumkor futbolchisini so‘rab rasmiy taklif ham yubordi.

Insayder Fabritsio Romanoning aniqlik kiritishicha, Jeyden bu chorlovni qabul qilmagan. Iste’dodli futbolchi Kataloniyaga ko‘chib o‘tishdan ko‘ra, Angliya Premer-ligasida o‘ynashni ma’qul ko‘rmoqda.

Filojin-Baydeysga “Ipsvich”, “Everton” va “Kristal Pelas” kabi jamoalardan jiddiy qiziqish bor. Yakunlanshan mavsumda Jeyden Angliya Chempionshipida 32 t uchrashuvda 12 ta gol va oltita  assist muallifi bo‘ldi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!