"Barselona"da yozda "katta tozalash" bo‘lishi mumkin

  • 15 aprel, 2020, 14:50
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" rahbariyati yozgi transfer oynasi vaqtida PSJdan Neymarni qaytarib olishni, shuningdek, "Inter"dan Lautaro Martinesni xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Xar bir futbolchi uchun kataloniyaliklar 100 million evrodan ziyod byudjet ajratishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. O‘z navbatida "ko‘k anor-rangliklar" moliyaviy feyr-pley qonun qoidalariga zid harakat qilmoqchi emas. Shu sabab klub yozda 9 futbolchini transferga qo‘yib, undan 245 million evro ishlab olmoqchi.

As nashri xabariga ko‘ra, "Barselona"ni yozda Usmon Dembele, Filippe Koutino, Ivan Rakitich, Arturo Vidal, Nelson Semedu, Ektor Firpo, Samyuel Umtiti, Jan-Kler Todibo va Martin Breytueytlar tark etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!