“Barselona”etti jamoa bilan kelisha olmay, ishsiz qolgan yulduzni kutyapti

  • 7 sentabr, 2024, 14:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” o‘tgan mavsum oxirida erkin agentga aylangan frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Raboni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytgani yo‘q.

Tecno

Qoidaga ko‘ra, Evropada transfer oynasi yopilganiga qaramay, klublar erkin agent maqomidagi o‘yinchilar bilan shartnoma tuzishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, kataloniyaliklar 29 yoshli Rabo yordamida maydon markazidagi muammolarni bartaraf etishni rejalashtiryapti. Chunki jarohat tufayli Gavi Bernal va Frenki de Yong yaqin orada jamoaga yordam bera olmaydi.

Yozgi transferlar davrida Adrien Rabo bir necha klublar, xususan, “Manchester Yunayted”, “Milan”, “Galatasaray”, “Inter”, “Bavariya”, “Real” va “An-Nasr” bilan muzokara o‘tkazib, maosh borasida kelisha olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!