“Barselona”ga “Chelsi” futbolchisi kerak
Angliyaning “Chelsi” klubi himoyachisi Branislav Ivanovich faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, londonliklar himoyachisiga “Barselona” qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga qaraganda, kataloniyaliklar o‘ng qanot himoyachisi qidirmoqda. Bu chiziqqa esa Branislav Ivanovich nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Shuni aytish mumkinki, Ivanovichning “aristokratlar” bilan tuzgan shartnomasi mavsum yakunida tamom bo‘ladi. Bu esa “Barselona”ga qo‘l kelishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi qishdayoq Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Fikrlar