"Barselona"ning "Antverpen"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi
"Barselona"ni oldinda EChLning 6-turidan o‘rin olgan "Antverpen"ga qarshi uchrashuv kutmoqda. Quyida mazkur to‘qnashuv uchun kataloniyaliklarning qaydnomasi bilan tanishishingiz mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu uchrashuvni Gavi, Ter Shtegen, Inigo Martines va Markos Alonsolar o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, bu o‘yinda Mark Giu ham maydonga tushishi mumkin.
Xavi pley-off masalasi hal qilingani uchun Ilkay Gyundogan, Frenki de Yong, Robert Levandovski, Ronald Arauxolar dam berishga qaror qildi.



Fikrlar