"Barselona"ning qarori qat’iy
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann "Barselona"da qaladigan ko‘rinadi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar futbolchini shu yili yozda sotmoqchi emaslar. Bu borada klub takliflarni ko‘rib chiqmaydi. Jamoa rahbariyati Grizmanni ikkinchi mavsumda o‘zini ko‘rsatishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, "Barselona" Antuanning o‘rniga Neymarni ortga qaytarmoqchi edi. Biroq frantsiyalik futbolchi jamoada qoladigan bo‘lsa, braziliyalikning transferi amalga oshmasligi mumkin.



Fikrlar