"Barselona"ning yangi lideriga aylanib borayotgan Rafinya

  • 24 sentabr, 2024, 21:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2022 yili yozgi transferlar oynasida "Barselona" yaxshigina aktivlik namoyish qilgandi. O‘sha paytda jamoa "Lids"dan boshqa top klublar nisbatan qulayroq taklif bilan chiqqan Rafinyani qo‘lga kiritadi. Bunda futbolchining klubda o‘ynash istagi va rahbariyatning to‘g‘ri ishlashi orqali vinger kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shiladi. Keyingi yillarda braziliyalikning bir necha bor sotilishi mumkinligi borasida xabarlar chiqdi, lekin futbolchi qolishni tanladi. Ayniqsa, Lamin Yamalning do‘sti o‘tgan mavsumni va Evroni "yondirgan"idan keyin Rafinya kerakmas deganlar ham bo‘ldi. Ammo bugungi kunda u jamoa kapitani sifatida maydonda harakatlanmoqda. 

Image

2022/23 mavsumda unga Usmon Dembele raqobatchi edi va tan olish kerak, frantsuz endigina jamoaga kelib qo‘shilgan Rafinyadan muhimroq sanalari, lekin u jarohat sabab mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishi oqibatida braziliyalik uchun yaxshigina o‘yin amaliyoti berildi. Dastlabki mavsumida u 10 ta gol urib, 12 ta assist amalga oshirdi. Yomon emas, keyingi mavsum esa kamroq uchrashuv o‘tkazib, 10 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilib, 13 bora sheriklariga golli pay berdi. Bu vingerning transferi omadsiz bo‘lmaganiga etarli hisoblanadi. Biroq bitta muammo bor edi. Bu uning pozitsiyasi. 

Xavi Rafinyadan 2022 yili Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan "Inter"ga qarshi o‘yinda chap qanot vingeri sifatida foydalanib ko‘rgan. Odatda chapaqay futbolchilarga bu pozitsiyada o‘ynashga qiynlishadi. Dastlab, qahramonimiz uchun ham shunday bo‘ldi. Bu uchrashuvda Rafinya 29 ta aniq pas bera olgani bilan maqtana oladi. Bironta dribling, aniq zarba, xavfli vaziyat yaratmagan o‘yinchi sifatida maydonni tark etadi. Ammo bu bilan Xavi taslim bo‘lgani yo‘q. Murabbiy uni faqat o‘ng tomonda foydalanishga qarshi edi. Asosiy sabab, bu ikkita qanotning darajasini tenglashtirish. Yamaldan chiqib kelganidan keyin bu jamoaga yanada kerakli narsaga aylandi. 

Lamine Yamal - profil igroka 24/25 | Transfermarkt

Oradan bir yil o‘tib, Rafinya PSJga qarshi bahslarda to‘liq chap qanot vingeri sifatida o‘ynadi. Bu safar u 2 ta o‘yinda 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bir yil oldingiga qaraganda ancha yaxshi natija, lekin baribir kamchiliklari bordek tuyulardi. Bu mavsumdan esa futbolchi nafaqat chap qanotda, balki markazda ham qiynalmasdan harakat qilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Xans-Flik vingerni jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylantirmoqda. 

Ushbu yozda "Barsa" bitta qap qanot vingeri bilan shartnoma imzolashga harakat qildi. Niko Uilyams, Luis Dias va Rafael Leaular haqida tez-tez mish-mishlar chiqib turdi. Bu esa Rafinyani ketishi kerakliga va shundan keyin bitta vinger olib kelinishi mumkinligini anglatardi. Futbolchi esa barcha takliflarni rad qilib, klubda qolib, o‘z o‘rni uchun kurashishni tanladi va bugungi kunga kelib yaxshigina mukofotlanmoqda. 

Rafinya ushbu mavsum faoliyatidagi ilk xet-trikni nishonlashga ulgurdi. Shu bilan birga, allaqachon 7 ta o‘yinda 8 ta golda ishtirok etgan. "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda Ter Shtegen jarohat olganidan keyin jamoa sardori sifatida maydonda harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!