"Bavariya" APL yulduzi bilan faol muzokaralar olib bormoqda

  • 4 iyul, 2023, 15:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy hujumchini sotib olishga jiddiy harakat qilmoqda. Germaniya chempioni Angliya terma jamoasi va “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynning transferi bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Insayder Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, Karl-Xaynts Rummenigge muzokaralar jarayonida bevosita ishtirok etmoqda. Keynning o‘zi myunxenliklar safiga o‘tishga tayyor. Potentsial kelishuv summasi taxminan 90 million evroni tashkil qilishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Xarri Angliya chempionatining ikkinchi to‘purari bo‘ldi. 29 yoshli forvard 38 uchrashuvda 30 ta gol urdi. Hujumchining "shporlar" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!