"Bavariya" "Barsa" bilan Koutinoning ijarasi borasida kelishuvga erishganini e’lon qildi

  • 17 avgust, 2019, 03:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" "Barselona" yarim ximoyachisi Filippe Koutinoning ijarasi borasida kelishib olganini e’lon qildi.

Tecno

Myunxenliklar futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishadi.

Yaqin kunlarda, braziliyalik Germaniyaga borib, shartnomaning so‘nggi bandlari borasida kelishib oladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

"Seshanba kuni, men va klub sport direktori Kataloniyaga bordik. Futbolchining o‘zi bilan ham, klub vakillari bilan ham kelishuvga erishdik," - dedi "Bavariya" boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge.

Eslatib o‘tamiz, Koutino 2018 yilning yanvarida "Liverpul"dan "Barselona"ga o‘tgan edi. Kataloniya klubi uchun braziliyalik 76 o‘yin o‘tkazdi va 21 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!