Noyer APL klubiga o‘tishi mumkin

CHERY AUTO

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer faoliyatini Angliya premer ligasida davom ettirishi mumkin. Bild nashri manbasiga ko‘ra, germaniyalik futbolchi uchun Londonning "Chelsi" klubi da’vogarlik qilmoqda.

Tecno

"Ko‘klar" bosh murabbiyi Frenk Lempard klub golkiperi Kepa Arrisabalagani mavsum so‘nggida sotib yuborishni, uning o‘rniga esa germaniyalik tajribali darvozabonni olish kelishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, "Chelsi" rahbariyati zahira varianti sifatida "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma atrofidagi vaziyatni ham kuzatib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Bavariya" Manuel Noyer bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayotgani ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!