“Bavariya” “Borussiya Dortmund”ning yosh iqtidorli futbolchisini ko‘zlamoqda

  • 26 dekabr, 2024, 01:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning “Bavariya” klubi o‘z navbatida raqibi hisoblangan “Borussiya Dortmund”ning qanot hujumchisi Gittensga juda katta qiziqish bildirmoqda. 
 
Sky Germany nashrining xabariga ko‘ra, Vensan Kompani boshchiligidagi nemislar hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida bir necha oydan buyon yangi hujumchi izlamoqda. Hozirgi kunda “arilar” klubida to‘p tepayotgan angliyalik vinger asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Agarda barcha tomonlar kelisha olsa, mazkur transfer tez kunda ham amalga oshishi mumkin. 
 
Jeymining dortmundliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli Gittens bu mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!