
"Bavariya" bosh murabbiyligiga ikkita asosiy nomzod bor
Xabi Alonso "Bayer"da yana bir mavsum qolishga qaror qildi. Bu esa unga qiziqish bildirayotgan "Bavariya" va "Liverpul"ning rejalarini o‘zgartirib yubordi. Myunxenliklar endi boshqa murabbiy izlamoqda.
Germaniya klubi Yulian Nagelsmann, yoki Roberto de Zerbini diqqat bilan kuzatib bormoqda, deya xabar berdi "Sky Sports" nashri. Rahbariyat tezroq yangi murabbiy bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan.
De Zerbi uchun kurashda "Bavariya" yolg‘iz emas. Evropaning bir nechta top klublari ham yozda u bilan bog‘lanishi kutilmoqda. Italiyalik mutaxassisning "Brayton" bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. Nagelsmann esa Germaniya terma jamoasida faqatgina "Evro-2024" turniri yakunlanganiga qadar ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Yulian aynan Tomas Tuxel kelishidan oldinroq iste’foga chiqarilgandi. Oradan bir yil o‘tib, u yana "Bavariya"ga qaytishi mumkin.
Fikrlar