"Bavariya" "Chelsi" forvardi bilan kelishuvga erishdi

  • 20 avgust, 12:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tarkibni kuchaytirishda davom etayotgan "Bavariya" Londonning "Chelsi" klubi futbolchisi Kristofer Nkunku bilan kelishuvga erishdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, myunxenliklar frantsiyalik futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Endi klublar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy yakunlansa, forvard yangi mavsumni nemis klubi safida boshlaydi. Nkunkuning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda londonliklar safida umumiy 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta golli uzutmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!