
“Bavariya” “Chelsi” futbolchisini ko‘zladi
“Bavariya” tarkibdan ketayotgan futbolchilar o‘rnini to‘ldirish maqsadida “Chelsi”dan yarim himoyachi Kallum Xadson-Odoini olishni rejalashtirmoqda.
Aslida myunxenliklar o‘tgan yilning oktyabr oyida bu futbolchini keyinchalik 70 million funtga sotib olish huquqi bilan ijaraga so‘ragan edi. Biroq, London klubi bu taklifni qabul qilmagan edi.
Bunga o‘sha paytdagi bosh murabbiy Frenk Lempardning hamyurtiga qattiq ishonch bildirgani sabab bo‘lgan. Hozirgi bosh murabbiy Tomas Tuxelga esa, Kallumning keragi yo‘q. Xadson-Odoi aprel oyidan beri chempionat va kubok musobaqasida beshta o‘yin o‘tkazib, maydonda 175 daqiqa harakat qildi xolos.
Endi “Bavariya” 20 yoshli futbolchiga ancha past narx taklif qilmoqchi. Tomas Tuxel ham Kallumning sotib yuborilishi tarafdori.
Fikrlar