
“Bavariya” chempionlikni tortib olgan “Bayer”ni kuchsizlantiradi
“Bayer” jamoasi joriy mavsumda muddatidan oldin Bundesliga g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Xabi Alonso shogirdlari “Bavariya”ning 10 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi. Endi Leverkuzen klubining etakchi o‘yinchilariga grand klublar “hujum” uyushtiradi.
Xususan, “Bavariya” ham raqibning himoyasini mustahkam ushlagan ikki o‘yinchini nishona oldi. Myunxenliklar yozda Yosip Stanishich va Jonatan Tani transfer qilishga bel bog‘lagan.
Xorvatiyalik Yosip Stanishich himoyada mustahkam turishdan tashqari, hujumlarga qo‘shilishni xush ko‘radi. Joriy mavsumda ikkita gol urdi. Ularda birini “Bavariya” darvozasiga joyladi.
Myunxenliklar “Bayer”ning eng tajribali himoyachisi Jonatan Ta uchun 20 million evro taklif qilmoqda.
Fikrlar