
"Bavariya eng kuchli jamoa. "Real" va "Barsa" hozir kuchsiz"
"Arsenal" sobiq ustozi Arsen Venger "Bavariya" klubi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bavariya" ayni damda Evropaning eng kuchli jamoasi. Buning asosiy sabablaridan biri boshqa kuchli klublarning yo‘qligida. "Real" ham, "Barselona" ham hozir kuchsiz", deya frnatsiyalik mutaxassis so‘zlarini "Goal.com" sayti keltirmoqda.
2019/20 yilda myunxenliklar o‘zlari qatnashgan barcha musobaqada chempion bo‘ldi. 2 marta trebl qayd etgan kamsonli jamoalar qatoriga kirdi. Shuningdek, 6-g‘oliblikka erishib, Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritish bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar