"Bavariya" Florian Virtsni 2025 yilda sotib olishga urinib ko‘radi

  • 27 aprel, 2024, 12:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" futbolchisi Florian Virts "Bavariya"ning 2025 yildagi asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi. Bu haqda "Sky Sports" nashri ma’lumot berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, yarim himoyachiga "Real", "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozircha Florian Leverkuzen jamoasidan ketmoqchi emas. 

Eslatib o‘tamiz, Virts joriy mavsum Bundesliganing 30 bahsida 11 gol va 11 assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Evropa ligasining 8 o‘yinida 3 ta gol urib, sheriklarining 4 ta goliga hammualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!