"Bavariya" futbolchisi yozda jamoani tark etishi mumkin

  • 31.03.2025 14:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya"ning etakchilaridan biri hisoblangan Tomas Myuller yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin

"Sky Sports" nashrining ma’lum qilishicha, 35 yoshli yarim himoyachi katta ehtimol bilan yozda nemisliklarni erkin agent sifatida tark etadi.

Hozircha tomonlar bu borada yakuniy qaror qabul qilinganini tasdiqlamadi. Biroq, futbolchi MLS klublaridan taklif olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Myuller o‘tgan yilning o‘zidayoq "Bavariya"ni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, chunki u etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan. O‘shanda unga Saudiya Arabistonidan taklif bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Tomas  joriy mavsum 35 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!