
"Bavariya" Keyn uchun oxirigacha kurashadi
"Bavariya" Harri Keynni qo‘lga kiritish borasidagi urinishlarini davom ettiradi.
Avvalroq, “Tottenxem” nemis klubining 70 million evrolik taklifi hamda bonuslarni rad etgandi.
"Bavariya" rahbariyati endilikda "shporlar" uchun yangi taklif tayyorlamoqda. Sababi, jamoa va futbolchi kelishuvga erishgan va ingliz hujumchisining o‘zi Myunxen klubiga o‘tishga tayyor.
Xarri Keynning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar