"Bavariya" Keyn uchun "Tottenxem"ga rasmiy taklif yubordi

  • 27 iyun, 2023, 15:39
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn uchun rasmiy taklif yubordi. Unga ko‘ra, myunxenliklar 70 million evro va qo‘shimcha bonuslar to‘lashga tayyor, deya xabar berdi insayder David Ornshteyn

Tecno

"Bavariya" mazkur yozda yangi strayker izlamoqda. Variantlar orasida Viktor Osimxen va Lautaro Martineslar ham bor. Ammo klubning asosiy maqsadi Keyn bo‘lib qolmoqda. Endi "Tottenxem" bilan kelishuv amalga oshsa bo‘lgani, 29 yoshli ingliz ayni dam "shporlar"ni tark etishni xohlamoqda. 

Avvalroq, Xarrini "Real" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qildi, lekin "qaymoqranglilar"da Mbappeni sotib olish uchun imkoniyat paydo bo‘lgani sababli, kurashdan chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Zaur Axmed
27/06/2023 20:22
Bu allaqachon qarib qolgan o'yinchiku. Lekin 1-2 sezon foyda keltira oladi