
“Bavariya” klubi “Chelsi” nishonidagi futbolchini sotib olmoqchi
Myunxenning “Bavariya” klubi “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundega qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Rudi Galettining yozishicha, nemis klubi 23 yoshli futbolchini sotib olish uchun “Chelsi” bilan raqobatlashishga tayyor.
Oldinroq London klubi frantsiyalik himoyachi uchun 50 million evro to‘lashga tayyorligi xabar qilingandi. Ammo, andalusiyaliklar bu taklifni qoniqarsiz deb, “aristokratlar”ning dastlabki taklifini rad etdi. Hozircha myunxenliklar Jyul uchun qancha to‘lamoqchi ekanligi ma’lum qilinmagan.
Futbolchining "Sevilya" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali Kundeni 60 million evroga baholagan.
2021/22 yilgi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 1 assistni yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar