“Bavariya” Levandovski o‘rniga supertransferni amalga oshirmoqchi

  • 30.04.2022 23:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” rahbariyati jamoadan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Robert Levandovski o‘rniga boshqa yulduzni olib kelishga qaror qildi.

Myunxenliklar yozda “Chelsi” hujumchisi Romel Lukakuni olib kelmoqchi. Belgiyalik hujumchi “aristokratlar” safida o‘zini ko‘rsata olmadi va transferi uchun sarflangan 97,5 million funt miqdoridagi xarajatni oqlagani yo‘q.

Lukakuning o‘yin uslubi Angliya futboliga mos tushmayapti. Shu bois, jamoasini   o‘zgartirishni istayapti.

Robert Levandovski “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi. Polshalik hujumchi o‘zi orzu qilayotgan “Oltin to‘p”ga ega chiqish uchun Kataloniya klubiga o‘tishni maqsad qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!