
"Bavariya" Levandovskiga munosib o‘rinbosar topdi. Uning narxi 130 mln evro!
"Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xoland yozgi transferlar oynasida boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.
"Bild" nashrining ma’lum qilishicha, "Bavariya" norvegiyalik futbolchini sotib olish haqida o‘ylamoqda. Agar myunxenliklar yulduzi Robert Levandovski klubni tark etadigan bo‘lsa, Xolandni sotib olish bo‘yicha muzokaralar start oladi.
Klubdagilar Erlingni Levandovskiga munosib nomzod sifatida ko‘ryapti va yaxshi taklif tushsa, polshalik futbolchini qo‘yib yuborishi mumkin. 32 yoshli hujumchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyun sanasiga qadar mo‘ljallangan.
Robertga "Real", "Barselona" va "Chelsi" jamoalaridan qiziqish bor. Aynan shu klublar Xolandni sotib olish uchun ham nomzodlar qatorida e’tirof etilmoqda. Levandovskining transfer narxi 60 mln evro etib belgilangan bo‘lsa, Erling 130 mln evroga baholanyapti.
Fikrlar