
"Bavariya" Madrid klubi darvozabonini nishonga oldi
Sloveniya terma jamoasi va "Atletiko" darvozaboni Yan Oblak faolityatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli darvozabon xizmatlariga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. Germaniya chempioni yaqin vaqt ichida Oblakni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Myunxenliklar Oblakni davolanayotgan Manuel Noerga muqobil ko‘rmoqda.
Yan 2014 yildan beri "matraschilar"da o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi yana besh yilga mo‘ljallangan. Yanning transfer qiymati 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar