“Bavariya” o‘yinchiga katta pul berib, baloga qoldi

  • 29 aprel, 06:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” mutasaddilari klub bilan hamkorlik shartnomasi tugayotgan Alfonso Devisni olib qolishga ancha harakat qildi.

Tecno

Kanadalik futbolchini “Real”ga o‘tish fikridan qaytarish maqsadida myunxenliklar unga klubning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilgani uchun 22 million evro miqdorida bonus berdi.

Bu yo‘l orqali “Bavariya” maqsadiga etgan bo‘lsa-da, klubning ichki muhiti buzildi.

Xorij matbuotining yozishicha, myunxenliklar bu xato orqali o‘zlariga bo‘lajak transferlar imkoniyatini cheklab qo‘ydi.

Ikkinchidan, klub bilan o‘zaro bitimi oxirlab borayotgan futbolchilar endi o‘zlariga ham Jonatan Devisga bo‘lgan munosabatni kutmoqda. Ular yangi bitim tuzilsa, rahbariyatdan bonus olishiga umid qila boshladi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” va “Real” kabi qudratli klublardan chorlov olgan Jonatan Devis Myunxenda qolishga qaror qildi va jamoasi bilan hamkorlikni 2030 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!