"Bavariya" PSJ vingerini asosiy transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda
Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transfer oynasi oldidan qanot hujumchisi xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Germaniya chempionining asosiy varianti — PSJ sharafini himoya qilayotgan fransiyalik vinger Bredli Barkola hisoblanadi.
Shu bilan birga, "Bavariya" rahbariyati ro‘yxatida yana bir nechta futbolchilar bor: Niko Uilyams ("Atletik"), Rafael Leau ("Milan"), Kodi Gakpo ("Liverpul") va Kaoru Mitoma ("Brayton").
Avvalroq OAVda Barkolaga "Barselona", "Liverpul" va "Arsenal" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 23 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda qatnashib, 12 ta gol va 7 ta assist qayd etdi. Uning PSJ bilan shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi.

Fikrlar