
"Bavariya" "Shtutgart"ni engib, Germaniya Superkubogi sohibiga aylandi
Germaniya Superkubogidan o‘rin olgan "Shtutgart" - "Bavariya" o‘rtasidagi bellashuvda amaldagi Bundesliga chempionlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab uchrashuvning 19-daqiqasida angliyalik hujumchi Xarri Keyn hisobni ochdi. 77-daqiqada esa yozgi transferlar oynasida jamoa yangi kelib qo‘shilgan Luis Dias hisobni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ularning ikki goliga Leveling 90+4-daqiqada javob berishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alaba orqali Kompani boshchiligidagi "Bavariya" klubi Germaniya Superkubogini boshi uzra ko‘tardi.
Fikrlar