
"Bavariya" Tolissoni sotmoqchi, ammo...
"Bavariya" klubi rahbariyati jamoaning frantsiyalik yarim himoyachisi Korenten Tolissoni joriy yozgi transferlar davrida sotib yubormoqchi. Bu haqda Bayern & Germany xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, myunxenliklar 26 yoshli futbolchining transferiga 20 million evro narx qo‘ymoqda. Unga "Napoli" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Biroq A Seriya klublari Tolisso uchun belgilangan narxni qimmat deb hisoblashi mumkin.
Ushbu transferning hozir amalga oshirishning yana bir sababi, agar "Bavariya" Tolissoni bu yoz sotmasa, yana bir yildan so‘ng u erkin agent sifatida jamoani tekinga tark etadi.
Korenten Tolisso o‘tgan mavsum Bundesligada jami 16 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar