"Bavariya" Turkiya ligasi to‘purari uchun 150 million yevro bermoqchi
"Bavariya" yozda "Galatasaray" hujumchisi Viktor Osimxeni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqida "Footmercato" nashri maʼlum qildi.
Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, nemis grandi nigeriyalik forvard uchun 150 million evrodan voz kechmoqchi. Maʼlum boʻlishicha, Osimxenning “Bavariya”ga oʻtishi "Barselona"ga qoʻl kelishi mumkin. Ōshanda kataloniyaliklar Xarri Keynni oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, Viktorning xizmatlariga "Chelsi", Mançester Yunayted", PSJ va "Yuvеntus" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
27 yoshli futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 75 million evroga baholanmoqda. Uning Turkiya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha moʻljallangan.
Eslatib oʻtamiz, Osimxen joriy mavsum istanbulliklar safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz nomiga 17 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qoʻyishga erishdi.
Fikrlar