“Bavariya” Tuxelni ham haydashga tayyor

  • 25 aprel, 2023, 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yaqinda  bosh murabbiylikka Tomas Tuxelni olib kelganiga qaramay, yozda bu mutaxassisga ham chiqish eshiklarini ko‘rsatishi mumkin.

Tecno

Goal.com saytining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati agar  jamoa joriy mavsumda Bundesliga chempionligini qo‘lga kirita olmasa, Tomas Tuxel bilan ham xayralashadi.

Rahbariyatning keskin qarorga kelishi bejiz emas, albatta. Tomas tuxel qo‘l ostida “Bavariya” ettita uchrashuvdan atigi ikkitasida g‘alaba qozondi, ikki marotaba durang o‘ynab, uch marta raqibga yutqazdi.

Avvalgi bosh murabbiy Yulian Nagelmann boshchiligida futbolchilar barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda atigi uch marta mag‘lub bo‘lgandi.

Tomas Tuxel boshqaruviga o‘tganidan keyin “Bavariya” Chempionlar ligasi va Germaniya kubogini tark etdi. Shuningdek, Bundesliga “Borussiya” oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, musobaqa jadvalida myunxenliklardan o‘zib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!