"Bavariya" va "Atletiko" bir hujumchi uchun kurashmoqchi

  • 4 oktabr, 14:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichga "Bavariya" va Madridning "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli serbiyalik futbolchining turinliklar bilan shartnomasi joriy mavsum yakunlangach tugaydi. Shu bois, klub yanvar oyida forvardni sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

Tecno

"Calciomercato" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Bavariya" serbiyalik hujumchi uchun "Atletiko" bilan raqobatlashishga tayyor. Ma’lum bo‘lishicha, Vlaxovich qishda 15 million evro atrofida sotuvga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda futbolchiga "Milan" ham qiziqqandi. Biroq uning yuqori maoshi "rossoneriliklar" uchun asosiy to‘siq bo‘lgan.

Transfermarkt portali esa sobiq "Fiorentina" yulduzini 35 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!