"Bavariya" Xoland tufayli super to‘purardan voz kechdi

  • 12 yanvar, 2022, 15:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" Bundesligada klublarida porlayotgan yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olishda davom etadi.

Tecno

Myunxenliklar bu safar "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandga ko‘z tikmoqda. Bu haqda "Sport Bild" nashar xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, jamoa rahbariyati norvegiyalik futbolchi transferi bo‘yicha uning agenti Mino Rayolaga aloqaga chiqqan.

Klub o‘z hujumchisi Robert Levandovski bilan shartnoma imzolanishi Xolandni olib kelish yo‘lida katta to‘siq ekanligini bilib turibdi. Shu bois, polshalik yulduz bilan bitimni uzaytirishga shoshilmayapti.

Erling Xoland joriy mavsum "asalarilar" safida 17 o‘yinda 19 gol va 6 assist muallifiga aylandi. Levandovski esa, 26 uchrashuvda maydonga tushib, 31 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi. Uning hisobida 3 assist ham mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!