"Bavariya" yaponiyalik himoyachini sotib olish arafasida
"Bavariya" ushbu yozda ko‘plab transferlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Klubni tark etishi kutilayotgan himoyachilar bor. Shu sababli, rahbariyat yangi himoyachilar izlamoqda.
"BILD" nashri xabar berishicha, myunxenliklar "Shtutgart"dan Hiroki Itoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Jamoa uning 30 million evrolik tovon pulini to‘lashga tayyor.
Ito shtutgartliklar bilan ajoyib mavsum o‘tkazdi. U 2021 yilda 400 ming evro evaziga sotib olingan va endi 30 million evro foyda keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hiroki Yaponiya tarkibida Osiyo kubogida ishtirok etgan. U 3 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar