"Bavariya" yozda top forvard sotib oladi, ungacha esa...

  • 22 dekabr, 2022, 08:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Germaniyaning "Bavariya" klubi qishki transferlar vaqtida hujumchi sotib olmoqchi emas. Jamoa bu muammoni yozda hal qilishni rejalashtirgan.

"Abendzeitung München" nashrining xabariga ko‘ra, nemis klubi yozgi transferlar bozorida "Tottenxem" futbolchisi Xarri Keynni olib kelmoqchi. Bundan tashqari, nemislar nishonida Markus Tyuram ("Borussiya" Myunxengladbax) va Niklas Fyullkrug ("Verder") variantlari ham bor.


Jamoa ustozi Yulian Nagelsman mavsum so‘nggigacha Tomas Myullerdan forvard sifatida foydalanmoqchi va Chupo-Moting bilan raqobatini ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar tarkibida Sadio Mane jarohat sababli kamida uch oyga safdan chiqqani ma’lum bo‘lgandi. Mane Qatardagi mundialni ham shu sababli o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!