"Bavariya"da PSJga qarshi o‘yinda jiddiy yo‘qotish bor

  • 18 fevral, 2023, 15:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" vingeri Kingsli Koman Bundesliga doirasidagi Menxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Tecno

Frantsiyalik futbolchining goli tufayli myunxenliklar Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida (1:0) PSJ ustidan mehmonda g‘alaba qozondi. Biroq uchrashuv vaqtida futbolchi jarohat oldi. Yaqinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Bavariya" ustozi Yulian Nagelsmann Komanning "Borussiya" bilan o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida ekanligini ma’lum qildi.

"Bild" nashrining xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi juma kungi o‘yin oldi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi va shanba kuni maydonga tusha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!