"Bavariya"ning barcha turnirlar doirasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 20 ta o‘yinga etdi (FOTO)

  • 4 yanvar, 2021, 02:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" Bundesliganing 14-turida "Maynts" (5:2) jamoasini mag‘lub etdi.

Dastlabki bo‘limdan so‘ng, myunxenliklar 0:2 hisobida ortda qolayotgandi, ammo ikkinchi bo‘limda Joshua Kimmix, Leroy Sane va Niklas Zyule bittadan gol urgan bo‘lsa, Robert Levandovski dublni rasmiylashtirdi.

"Bavariya" sentyabr oyida "Xoffenxaym"ga (1:4) yutqazganidan keyin, qatorasiga 20 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bermay kelyapti. Myunxen klubi shularning 16 tasida zafar quchgan bo‘lsa, 4 tasida durang o‘ynagan.

rue4d7490c8fc

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!