
"Bavariya"ning g‘alabasi "Liverpul"ga katta miqdorda foyda keltirishi mumkin
"Bavariya"ning EChLdagi ehtimoliy g‘alabasi "Barselona"ga moliyaviy zarar keltirishi mumkin.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, agar Filippe Koutino myunxenliklar safida Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lsa, "ko‘k-anor ranglilar" shartnomaga binoat "Liverpul"ga 5 mln evro miqdorida bonus to‘lab berishlari kerak.
“Barselona” futbolchisi hisoblangan Koutino mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazmoqda. Uning jamoasi yarim finalda “Manchester Siti” – “Lion” juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar