“Bavariya”ning portugaliyalik futbolchi borasidagi taklifi rad etildi

  • 12.07.2022 13:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" "Atletiko" hujumchisi Joau Felishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi “Sport1.de” nashri.

Manbaga ko‘ra, Hasan Salihamidjich boshchiligidagi Myunxen klubi rahbariyati 22 yoshli portugaliyalikni Bundesligaga taklif qilib, o‘z tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan.

Iyun oyida "Bavariya" hujumchining transferi borasida Madrid klubi bilan muzokaralar boshlagan, biroq “nemis mashinasi”ning birinchi taklifi “matraschilar” tomonidan rad etilgan.

“Bavariya” portugaliyalik uchun “Atletiko”ga 80 million evro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan. Ammo madridliklar futbolchini kamida 100 million evro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligini ma’lum qilgan.

"Bavariya" Joauning narxini pasaytirish uchun himoyachi Benjamin Pavarni qo‘shish variantini ham ko‘rib chiqdi. Ammo “matraschilar”ga bu taklif ham ma’qul kelmadi.

Felish o‘tgan mavsum "Atletiko" safida 34 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!