"Bayer" 22 yildan so‘ng yana evrokuboklar finaliga chiqdi

"Bayer" kecha Evropa ligasi yarim final javob uchrashuvi doirasida "Roma" bilan kuch sinashdi. Unda tomonlar jangovor 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Shu tariqa, leverkuzenliklar Evropa ligasi finaliga yo‘l oldi. Ular oxirgi marta 22 yil oldin 2002 yili evrokuboklar finalida maydonga tushishgandi. O‘shanda germaniyaliklarni "Real" 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. 

Shuningdek, 1987/1988 yilgi mavsumda ham "Bayer" finalda o‘ynagan. UEFA kubogi g‘olibligi uchun kechgan bahsda jamoa "Espanol"dan ustun kelgandi (0:3, 3:0, penaltilar seriyasida - 3:2).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!