“Bayer” Chicharitodan tezroq qutilmoqchi
Leverkuzenning “Bayer” klubi raxbariyati va murabbiylar shtabi jamoaning meksikalik forvardi Xaver Ernandesni transferga qo‘yishga rozi. Bu haqda Sport Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha, agar Chicharito uchun 25 million evro beradigan jamoa topilsa, “dorishunoslar” meksikalik futbolchisi bilan hayrlashishga tayyor. Biroq, hozirgacha hech bir klub “Bayer”ga bunday taklif bilan chiqmagan.

Aytish kerakki, nemis klubi Chicharitoning o‘yinidan qoniqish hosil qilmaganidan sotmayapti. Balki, uning faqatgina o‘z manfaatlarini o‘ylashi jamoadagilarga yoqmayapti. Uning “Bayer” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Avvalroq Xaver Ernandesning xizmatlariga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar