"Bayer" "Real Madrid"ning sobiq futbolchisini yangi murabbiy sifatida tayinlamoqchi
Dushanba kuni Leverkuzenning "Bayer" klubi Erik ten Xag bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qildi. Nemis matbuotining xabar berishicha, jamoa rahbariyati yaqin kunlarda yangi bosh murabbiyni tanlaydi.
"Marca" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, klub ro‘yxatiga uch nomzod kiritilgan:
Raul – "Real"ning yoshlar jamoasini 6 yil davomida boshqargan va 2024/25-yil mavsumi boshida lavozimini tark etgan.
Edin Terzich – 2022–2024 yillarda Dortmundning "Borussiya"sida ishlagan murabbiy.
Marko Roze – so‘nggi bor "RB Leyptsig"da faoliyat olib borgan (2022–2025).
Ma’lumot o‘rnida, yangi murabbiy tayinlovi hafta oxirigacha e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik mutaxassis "Bayer" bosh murabbiyi sifatida Bundesligada 2 ta o‘yin o‘tkazdi va g‘alaba qozona olmadi.



Fikrlar