Bechora Andrea Petkovich!

Avstraliyada o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqada dunyoning oltinchi raqamli tennischisi chexiyalik Karolina Plishkova uchinchi davrada o‘ynaydigan bo‘ldi.

U musobaqaning ikkinchi davrasida braziliyalik Beatris Xaddad Mayyuni har ikkala setda 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Navbatdagi bosqichda chexiyalik tennischi hamyurti Lyusi Shafarjova hamda ruminiyalik Sorana Kirstya o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Amerikalik Loren Devis “Australian Open – 2018”da germaniyalik  Andrea Petkovichga qarshi bahslashdi. Mazkur uchrashuvda Andrea dastlabki setda 6:4 hisobida zafar quchgan bo‘lsa-da, qolgan ikki setda birorta ham geymni yutib ololmadi.

Shu tariqa, tajribali raqibini mag‘lubiyatga uchratgan Loren ruminiyalik Simonoy Xalep va kanadalik Ejeni Bushar o‘rtasidagi o‘yinda g‘alaba qozonga tennischiga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!