Bektеmir Mеliqо‘zіеv vaznida chempionlik jangі bo‘lib o‘tdi

  • 30.08.2026 23:28
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik charm qo‘lqop ustasi Lester Martines Los-Anjelesda o‘tkazilgan boks oqshomida xorvatiyalik Luka Plantichni o‘ninchi raundda texnik nokautga uchratib, ikkinchi o‘rta vazndagi vaqtinchalik WBC chempioni unvonini saqlab qoldi.

Ushbu bahsning deyarli barcha raundlari qattiq zarbalar almashinuvı bilan kechdi. Hal qiluvchi burilish esa o‘ninchi raund boshida ro‘y berdi: Martines raqibining tanasiga chap tomondan yo‘llagan kuchli zarbasi bilan nokdaunga tushirdi. Ammo Plantich turishga muvaffaq bo‘ldi.

Keyinroq yana Martinesning navbatdagi kuchli hujumlaridan so‘ng referi Rey Korona jangni to‘xtatish haqida qaror chiqardi.

"Plantich juda baquvvat, chidamli bokschi ekanini yaxshi bilardik. U menga 70–80-yillardagi hech qachon taslim bo‘lmaydigan o‘sha qotma jangchilarni eslatadi. Lukaga qarshi qo‘llay oladigan barcha usullarimizni ishlatdik, u esa bularning barchasiga dosh berdi. Biroq yakunda biz uchun hammasi ijobiy tugadi.

Keyingi maqsadimiz – Saul Alvares va Kristian Mbilli jangi g‘olibi bilan ringga chiqish!", — dedi jangdan so‘ng Martinesning murabbiyi Brayan Makintayr.

Eslatib o‘tamiz, WBC ning ikkinchi o‘rta vazn tofiаsi reytingida hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev 6 o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!