
Bektemir Meliqo‘zievning promouteri Oskar De La Xoyya yana ringga qaytmoqchi. Unga UFC jangchisi raqiblik qiladi
Professional boksda "Golden Boy" nomi bilan tanilgan sobiq jahon chempioni Oskar De La Xoyya ko‘rgazmali jangda ringga ko‘tariladi. 11 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida De La Xoyyaga sobiq UFC chempioni Vitor Belfort raqiblik qiladi. Jang "Triller" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.
48 yoshli De La Xoyya oxirgi marta 2008 yil dekabr oyida Menni Pakyaoga qarshi jang qilib, muddatidan oldin imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar