
Belal Muhammad Shavkat Rahmonov uchun juda qulay raqibmi? Sobiq Bellator chempioni javob berdi
Sobiq Bellator chempioni Andrey Koreshkov amaldagi UFC chempioni Belal Muhammad va qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov o‘rtasida kutilayotgan jang haqida gapirdi.
“Har qanday holatda ham Rahmonovga past nazar bilan qaramaslik kerak. U janglarda 99% ustunlik bilan g‘alaba qozonmoqda va u chempionlik uchun asosiy da’vogar. Uslublar jihatidan Belal Shavkatga juda qulay raqib” — deya Koreshkovning so‘zlarini keltirdi MMA.Metaratings.ru.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 310" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Rahmonov irlandiyalik Yan Garrini mag‘lub etgandi. Muhammad esa "UFC 304" musobaqasida Leon Edvardsni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar