
Belarus. Abduqodir Husanov birinchi davra ramziy jamoasidan joy oldi (foto)
Belarus chempionatida birinchi davra uchrashuvlari nihoyasiga etdi.
Mamlakatning "Football.by" nashri chempionatning dastlabki yarmi bo‘yicha ramziy jamoani tuzib chiqdi. Biz uchun e’tiborlisi, undan O‘zbekiston U-20 termasi etakchilaridan biri Abduqodir Husanov o‘rin olgan.
"Energetik-BGU" himoyachisi joriy mavsum klub libosida 8 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.
Avvalroq, uning Frantsiya vitse-chempioni "Lans" bilan shartnoma imzolashga yaqin ekani xabar qilingandi.
Fikrlar