Belgiya 2026 yil jahon chempionatidan keyin yangi bosh murabbiyni tayinladi
Belgiya terma jamoasi futbol bo‘yicha 2026 yildgi jahon chempionati yakunlangandan so‘ng yangi bosh murabbiy nomini ma’lum qildi. Musobaqa AQSh, Meksika va Kanada hududlarida o‘tkazilgan edi.
Jurnalist va insayder Fabrizio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Mark van Bommel Belgiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.
«Mark van Bommel Belgiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U bilan shartnoma 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan, u Rudi Garsiya o‘rnini egallashga tayyor. Hujjatlar imzolash jarayoni hali to‘liq yakunlanmadi, ammo barcha tomonlar kelishuvga erishgan», — deya ta’kidlaydi Romano.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yildgi jahon chempionatida fransuz mutaxassisi Rudi Garsiya boshqaruvidagi Belgiya terma jamoasi chorak finalgacha yetib borgan edi. U yerda belgililar keskin kurashga boy uchrashuvda (1:2) keyinchalik chempionlikni qo‘lga kiritgan Ispaniya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar